Yangiliklar

2026-08-06

Ellikqal’a tumanida leyshmanioz va bezgak kasalliklarining oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar davom etmoqda

topics-img

Ellikqal’a tumani hududida aholi salomatligini muhofaza qilish, yuqumli va transmissiv kasalliklarning oldini olish maqsadida keng qamrovli profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.

Xususan, leyshmanioz kasalligining tarqalish xavfini kamaytirish maqsadida kasallikni tarqatuvchi kemiruvchilarga qarshi deratizatsiya ishlari tashkil etildi. Mutaxassislar tomonidan epidemiologik ahamiyatga ega hududlar o‘rganilib, belgilangan tartibda zararsizlantirish tadbirlari o‘tkazildi.