Ellikqal’a tumanida botulizm kasalligining oldini olish bo‘yicha press-tur tashkil etildi
Ellikqal’a tumani "Dehqon bozori"da Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkir yuqumli oshqozon-ichak kasalliklari, jumladan botulizm kasalligining oldini olish maqsadida press tur tashkil etildi.
Tadbir davomida dehqon bozori xodimlari bilan hamkorlikda meva-sabzavot mahsulotlarini sotayotgan tadbirkorlarga oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish hamda sifatsiz mahsulotlar savdosining oldini olish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.