Yangiliklar

2026-08-05

Ellikqal’a dehqon bozorida profilaktik targ’ibot ishlari olib borildi

topics-img

Ellikqal’a tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo’limi mutaxassislari tomonidan Ellikqal’a dehqon bozori hududidagi umumiy ovqatlanish shoxobchalari hamda savdo korxonalarida profilaktik tushuntirish ishlari o’tkazildi.

Tadbir davomida yoz mavsumida uchrashi mumkin bo’lgan oshqozon-ichak kasalliklari, xususan, botulizm hamda parazitar kasalliklarning oldini olish, oziq-ovqat mahsulotlarini to’g’ri saqlash, sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etish bo’yicha tavsiyalar berildi.

Shuningdek, tadbirkorlar va fuqarolarga mavzuga oid axborot bukletlari tarqatildi.

✅ Aholi salomatligini asrashga qaratilgan bunday profilaktik tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.