Yangiliklar

2026-03-16

Dúnya júzlik tutınıwshılar huqıqların qorǵaw kúni múnásibeti menen ushırasıw bolıp ótti

topics-img

15 mart - Butunjahon iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni munosabati bilan Nukus shahrida seminar tashkil etildi.

Tadbir Nukus shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali va O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiallarida o‘tkazildi.

Tadbir davomida soha mutaxassislari talaba yoshlarga iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, moliyaviy savodxonlikni oshirish, iste’molchilar huquqlarining qonuniy asoslari va ularning buzilish sabablariga yechim topish masalalari haqida tushunchalar berib o‘tdi.