Chimboyda qarovsiz itlar tutib olinib, tegishli joylarga olib ketilmoqda
Chimboy tumanida aholi salomatligini muhofaza qilish, quturish kasalligining oldini olish hamda fuqarolarning hayvonlar tomonidan jarohatlanishining oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
Tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi hamda tuman Obodonlashtirish boshqarmasining it ovlash brigadasi bilan hamkorlikda aholi gavjum hududlarda qarovsiz va egasi noma’lum bo‘lgan itlar tutib olinib, belgilangan tartibda tegishli joylarga olib ketilmoqda.
Ma'lumot uchun, mazkur tadbirlar hududda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash va quturish kasalligi tarqalishining oldini olishga qaratilgan.
Fuqarolardan qarovsiz hayvonlarga yaqinlashmaslik va ularni bezovta qilmaslik so‘raladi.