Chaqaloqlarning yuziga “ko‘z tegmasin” deb tupurmang!
Bu odat ko‘pchilikda bor, lekin aslida juda xavfli!
🦠 Tupuk orqali turli mikroblar va viruslar chaqaloq organizmiga o‘tishi mumkin. Yangi tug‘ilgan bolalarning immuniteti hali kuchli bo‘lmaydi.
❗️Natijada:
— og‘iz va teri infeksiyalari;
— ichak kasalliklari;
— hatto jiddiy asoratlar kelib chiqishi mumkin.
👶 Chaqaloqni himoya qilishning to‘g‘ri yo‘li:
✅ tozalikka rioya qilish;
✅ qo‘llarni tez-tez yuvish;
✅ begonalarning bolani o‘pishiga yo‘l qo‘ymaslik.
💬 Mehrni xavfsiz tarzda ko‘rsating!
Farzandingiz salomatligi — sizning qo'lingizda.💙