Majlis boshqarma rahbari B. Qutlimuratov boshchiligida o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakolatli apparati yetakchi insektori B. Sultamuratov, shuningdek boshqarmaning tuman va shahar bo‘lim boshliqlari hamda tegishli mutaxassislar ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatiga asossiz aralashuvlarning oldini olish, qonunchilik talablariga rioya etgan holda qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish zarurligi alohida ta’kidlandi.