Yangiliklar

2025-06-13

šŸ” Bozorda mahsulotlarning sifatini nazorat qilish

topics-img

Xo‘jayli tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimlari sanitariya-veterinariya xizmati bilan birgalikda mahalliy bozordagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini o‘rganib chiqdi.

Reyd davomida poliz mahsulotlari va mevalardan nitrat miqdorini aniqlash uchun namunalar olindi. Nitratlar miqdori me’yordan yuqori bo‘lgan mahsulotlar belgilangan tartibda utilizatsiyaga yuborildi.

ā—ļø Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini nazorat qilish - ovqatdan zaharlanishning oldini olish va xalqning salomatligini ta’minlashning muhim qismi.

Kanalga obuna bo'lish: @qqses