Yangiliklar

2026-08-24

Bo‘zatov tumanida kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

topics-img

Bo‘zatov tumanida odamlar va hayvonlar o‘rtasida kuydirgi kasalligining tarqalishining oldini olishga qaratilgan keng ko‘lamli ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

Mashg‘ulot davomida favqulodda vaziyatlarda tegishli xizmatlarning o‘zaro hamkorligi sinovdan o‘tkazilib, kuydirgi kasalligining tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda kasallik aniqlangan taqdirda tezkor choralar ko‘rish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Tadbir Bo‘zatov tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi va qator birga ishlashuvchi tashkilotlarning tajribali mutaxassislari ishtirokida o‘tkazildi.