Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limlari tomonidan aholining sanitariya xavfsizligini ta’minlash maqsadida 3-tur deratizatsiya ishlari 2025-yil uchun yakunlanmoqda.
Deratizatsiya — bu kemiruvchilarga qarshi kurashish bo‘yicha sanitariya chorasidir. Ularning sonini kamaytirish orqali infeksion kasalliklarning tarqalish xavfi pasayadi, oziq-ovqat va suv manbalarining ifloslanishining oldi olinadi.
Ayniqsa, leyshmanioz kasalligi profilaktikasida deratizatsiya muhim o‘rin tutadi, chunki bu kasallikning tabiiy o‘chog‘ida kemiruvchilar leyshmaniya parazitining asosiy tashuvchisi hisoblanadi. Shuning uchun kemiruvchilarni yo‘qotish — leyshmaniozning tarqalishini to‘xtatishda eng samarali choralaridan biridir.
š” Maqsad — kasallik manbalarini bartaraf etish, sanitariya osoyishtaligini ta’minlash va aholining sog‘lom hayotini asrash.
Kanalga obuna bo‘lish: @qqses