Boshqarmamizning bir qator tuman bo‘limlari tomonidan oziq-ovqat savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga borib, birma-bir sanitariya-gigiyena me’yorlari haqida tushuntirish berildi, ovqatdan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha ishlar olib borildi, ogohlantirishlar berildi, bu tadbirlar maqsadi yoz mavsumida fuqarolarimiz orasida sifati kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlaridan zarar ko‘rishdan saqlashdir.
Eslatma: Hurmatli Respublikamiz aholisi, oziq-ovqat mahsulotlari uchun bir qancha sanitariya talablari belgilangan, ular ishlab chiqarishdagi talablardan boshlab, qadoqlash, saqlash, mahsulotlarni tashish talablaridan iborat, agar olayotgan mahsulotingizda tashqi belgilari, qadoqlanishida, saqlash sharoitida kamchiliklarni sezsangiz tashqi muhitdagi mikroorganizmlar bilan zararlangan bo‘lishi mumkin, bu esa sog‘lig‘ingizga bir qancha zarar yetkazishi mumkin.
Kanalga obuna bo‘lish: @qqses