BOSHQARMADA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasida korrupsiyaning oldini olish va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishni boshqarma boshlig‘i B. Qutlimuratov ochib berdi va olib bordi.
2026-yilning dastlabki 6 oyi davomida boshqarmada korrupsiyaga oid jinoyatlar va ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlanmadi. Ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha deklaratsiyalar belgilangan tartibda to‘ldirib borildi va manfaatlar to‘qnashuvi holatlari qayd etilmadi.
Hisobot davrida 75 ta xo‘jalik shartnomasi tuzildi, korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasiga 8 ta funksiya kiritildi hamda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha davra suhbatlari tashkil etildi.
Shuningdek, “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” onlayn kurslarida boshqarmaning 47 nafar, tuman va shahar bo‘limlarining 144 nafar xodimi o‘qitildi.
Boshqarmada korrupsiyaning oldini olish, shaffoflik va qonuniylikni ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.