“Bor mehrimiz sizga, bolajon” donorlik aksiyasi o‘tkazildi
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Chimboy tumanida “Bor mehrimiz sizga, bolajon” shiori ostida beg‘araz donorlik aksiyasi tashkil etildi.
Tadbir davomida partiya faollari, Chimboy tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo'limi xodimlari hamda jamoatchilik vakillari bemor bolalarning sog‘ayishiga hissa qo‘shish maqsadida qon topshirdi.
Inson hayotini saqlab qolishga xizmat qiladigan ushbu xayrli tashabbus mehr-oqibat, hamjihatlik va insonparvarlikning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.