Qizamiq - yuqori darajada yuqumli virusli kasallik bo‘lib, ayniqsa bolalar orasida tez tarqaladi. Kasallik havodan tomchilar orqali yuqadi va og‘ir asoratlar qoldirishi mumkin.
🔴 Qizamiqning asosiy belgilari:
yuqori harorat (38-40°C);
burundan suyuqlik kelishi, yo‘tal, ko‘zlarning qizarishi;
lab ichida oq dog‘lar;
3-4 kundan so‘ng butun tanaga toshmalar toshishi.
Qizamiq kasalligining xavfli asoratlari:
zotiljam;
miya yallig‘lanishi (meningoensefalit);
o‘rta quloq yallig‘lanishi;
bolaning immuniteti vaqtincha pasayib ketishi.
➕ Oldini olishning eng samarali yo‘li - emlash!
MMR (qizamiq-qizamiq-parotit) vaksinasining 2 dozasi bolani 95-99% himoya qiladi.
1-doza: 12 oylikda.
2-doza: 6 yosh.
❓ Ota-onalarga tavsiyalar:
farzandingiz belgilarga o‘xshash belgilarni sezsa, darhol shifokorga murojaat qiling.
O‘z vaqtida emlash jadvaliga amal qiling;
kasallik aniqlangan bolani boshqalardan ajratib turish muhim.