Ko‘pchilikka ma’lum, bahorda ob-havoning tez-tez isib-sovishi
boshqa fasllarga nisbatan turli mavsumiy yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Ayni shunday vaziyatda esa ayniqsa farzandlarimizni asrash, ularning sog‘lig‘iga befarq bo‘lmaslik barchamizning burchimizdir. Shu asosda, boshqarmamizning Kegeyli tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida profilaktik tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Kuni kecha xuddi shunday tadbir hududdagi 2-sonli bolalar bog‘chasida olib borildi.