Yangiliklar

2025-11-14

šŸ’ŠBolalar qoā€˜shimchalari — dori emas, sogā€˜lom ovqatlanishni toā€˜ldiruvchi vosita!

topics-img

Ko‘p ota-onalar farzandining sog‘lom o‘sishi uchun turli vitamin va biologik faol qo‘shimchalardan foydalanadi. Ammo har bir qo‘shimcha dori emasligini bilish muhim!

Bolalar qo‘shimchalari — bu bolaning ovqatlanishini to‘ldirish, o‘sish va immunitetni qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan parhez mahsulotlardir.
Masalan: D vitamini, kalsiy, omega-3, temir, probiotiklar va o‘simlik asosidagi siroplar.

Ular kasallikni davolamaydi, faqat sog‘lom ovqatlanishni to‘ldiradi.

Qo‘shimchalarni faqat shifokor yoki pediatr tavsiyasi bilan tanlang — har bir bolaning yoshi, holati va ehtiyoji boshqacha bo‘ladi.

Mahsulotning sertifikati, tarkibi va amal qilish muddatiga albatta e’tibor bering.

āš ļøEslab qoling: farzandingiz sog‘lig‘i — eng qimmat boylik. Qo‘shimchalarni o‘ylab, mutaxassis maslahati bilan tanlang!

Kanalga obuna bo'lish: @qqses