Bitlashning asosiy sabablari nimada?
Xalq tilida "bit"lash tibbiyotda pedikulyoz nomi bilan ma’lum. Bu parazitar teri kasalligi bo‘lib, uning qo‘zg‘atuvchisi odam zoti hisoblanadi, ya’ni mayda bo‘g‘imoyoqlilar terida va kiyimlarda yashab parazitar hayot kechiradi, ularning ba’zilari xavfli bo‘lgan kasalliklarni tarqatadi (tif va isitmalar).
Pedikulyoz kasalligi paydo bo‘lishining sabablaridan biri bu oddiy gigiyena talablariga rioya qilmaslik, yoki bit bilan zararlangan insonlar va buyumlar bilan muloqotda bo‘lish hisoblanadi. Taroq, bosh kiyimlari, yostiq, ko‘rpachalar orqali ularning yuqish xavfi yuqori.
Bitlar bosh va bo‘yin qismining teri qatlamlarida organizmning qoni va limfa suyuqligi bilan oziqlanadi.