Yangiliklar

2026-07-02

Besto‘beda deratizatsiya ishlari olib borildi

topics-img

Nukus shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan kemiruvchilar orqali tarqaladigan kasalliklarning oldini olish maqsadida navbatdagi profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.

 Jumladan, “Besto‘be” MFY hududida leyshmanioz kasalligining oldini olish maqsadida aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilib, deratizatsiya tadbirlari o‘tkazildi.

 Mazkur tadbirlar kemiruvchilar sonini kamaytirish hamda yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishga qaratilgan.

Aholi salomatligini muhofaza qilish va sanitariya osoyishtaligini ta’minlash borasidagi profilaktik ishlar davom etmoqda.