Yangiliklar

2026-03-18

Beruniyda sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan salat mahsuloti sotilayotganligi aniqlandi

topics-img

 Sanepid qo‘mitasining Beruniy tumani bo‘limi hamda Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlari hamkorligida dehqon bozorida muntazam nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

 Tadbirlar davomida fuqarolar tomonidan uy sharoitida tayyorlangan, sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan hamda yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan oziq-ovqat mahsulotlari tekshirildi.

 Nazorat jarayonida iste’molga yaroqsiz deb topilgan 14 kg tuzlama salat mahsuloti belgilangan tartibda yo‘q qilindi. Ushbu holat bo‘yicha fuqaroga nisbatan tegishli ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

 Shuningdek, aholiga noma’lum sharoitda tayyorlangan, qadoqlanishida yorlig‘i mavjud bo‘lmagan va saqlash qoidalariga rioya etilmagan mahsulotlarni xarid qilmaslik yuzasidan ogohlantirish berildi. Bunday mahsulotlarni iste’mol qilish ovqatdan zaharlanish xavfini keltirib chiqarishi mumkin