📍Boshqarmamizning Beruniy tuman bo‘limi mutaxassislari, shuningdek, tuman Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlari bilan hamkorlikda tumandagi dehqon bozorida oziq-ovqat xavfsizligi va sifati bo‘yicha nazorat o‘tkazildi.
☣️Tadbir davomida uy sharoitida tayyorlangan, qabul qilishga yaroqsiz deb topilgan 15 kilogramga yaqin karam salati aniqlandi va tegishli tartibda yo‘q qilindi.