Yangiliklar

2026-05-05

Beruniy tumanida oziq-ovqat xavfsizligi nazoratda

topics-img

 Beruniy tumani dehqon bozorida oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi

Tadbir davomida tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimlari  tomonidan bozor hududida faoliyat yuritayotgan sotuvchilar faoliyati o‘rganildi.

 Nazorat jarayonida:
– Sotuvchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi
– Maxsus kiyimlarda savdo qilishi
– Mahsulotlarning sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligi tekshirildi

 Shuningdek, sotuvchilarga noma’lum sharoitda tayyorlangan hamda hujjatsiz mahsulotlarni sotmaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

 Eslatma:
Noma’lum uy sharoitida tayyorlangan, qadog‘ida yorlig‘i bo‘lmagan yoki saqlash qoidalari buzilgan mahsulotlarni xarid qilmang!
Bunday mahsulotlar iste’moli ovqatdan zaharlanish holatlarini keltirib chiqarishi mumkin.