Beruniy tumanida maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
Beruniy tumani hokimligi, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda Beruniy tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi hamkorligida amaliy-taktik o‘quv mashg‘uloti va shaylik ko‘rigi tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilish, xizmatlararo hamkorlikni mustahkamlash hamda mavsumiy yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar sinovdan o‘tkazildi.
Bunday o‘quv mashg‘ulotlari favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasini oshirish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash va aholi salomatligini ishonchli himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.