Yangiliklar

2026-07-06

Beruniy tumanida ichimlik suvi namunalari laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazildi

topics-img

Beruniy tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan aholi salomatligini muhofaza qilish hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida tizimli nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda bo‘limning sanitariya-gigiyena laboratoriyasida ichimlik suvi namunalari amaldagi sanitariya me’yorlari va qoidalari asosida zamonaviy laboratoriya uskunalari yordamida tekshiruvdan o‘tkazildi.

Laboratoriya tahlillari davomida suv namunalarining sanitariya-gigiyena ko‘rsatkichlari belgilangan me’yorlar asosida baholanib, ularning sifat va xavfsizlik darajasi nazorat qilindi.