Yangiliklar

2026-09-08

Belgilanmagan joylarda noqonuniy savdoga chek qo‘yildi

topics-img

Ko‘cha bo‘yi, yo‘l cheti yoki ochiq havoda sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari har doim ham xavfsiz bo‘lavermaydi.

 Sanepidqo‘mitaning Chimboy tumani bo‘limi mutaxassislari tuman Soliq inspeksiyasi xodimlari hamda mahalla fuqarolar yig‘ini raisi bilan hamkorlikda jamoat joylari va belgilanmagan hududlarda oziq-ovqat mahsulotlari savdosini o‘rgandi.

Tadbir davomida ayrim mahsulotlar:
— ochiq havoda;
— chang va to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri ostida;
— sanitariya-gigiyena talablariga zid sharoitda;
— saqlash qoidalariga rioya qilinmagan holda sotilayotgani aniqlandi.

Aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etilib, noqonuniy savdoga chek qo‘yildi. Fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlarini belgilangan savdo joylarida sotish va sanitariya talablariga qat’iy rioya etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Hurmatli fuqarolar!
Oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilayotganda uning qanday sharoitda saqlanayotganiga e’tibor bering!