Aziz yurtdoshlarimizni eng ulug‘, eng aziz bayram — Mustaqilligimizning 34 yilligi bilan samimiy tabriklayman.
Bu yil yurtdoshlarimiz Vatanimiz mustaqilligining 34 yilligini «Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!» ezgu g‘oyasi ostida katta shodiyona bilan kutib olmoqda.
Istiqlolning o‘tgan yillari davomida erishilgan yutuqlar va qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlarni sarhisob qiladigan bo‘lsak, barcha sohalar singari Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi faoliyatida o‘zgarishlarga guvoh bo‘lamiz.
Bugun jasorat va matonat namunasini ko‘rsatib kelayotgan barcha tibbiyot xodimlari, aziz hamkasblarimni eng ulug‘, eng aziz bayramimiz – Mustaqillik bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, jonajon O‘zbekistonimiz yanada gullab-yashnasin! Sizlarga hamisha sog‘lik-omonlik, ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar, oilangizga tinchlik-xotirjamlik tilayman.
Bahodir YUSUPALIYEV,
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi
ā”ļøSanepidqo'mita Axborot xizmati