Bakterial infeksiyalar - bakteriyalar keltirib chiqargan kasalliklar (tuberkulyoz, angina, salmonellyoz, dizenteriya va boshqalar). Ular antibiotiklar bilan davolanishi bilan viruslilardan farq qiladi.
🛡Ammo, bir katta muammo bor - antibiotikka chidamlilik.
Bu bakteriyalarning antibiotiklar noto‘g‘ri qo‘llanilganda ularga chidamlilik hosil qilish xususiyatidir.
Rezistentlikka nima sabab bo‘ladi:
- shifokor ko‘rsatmasisiz antibiotiklar qabul qilish;
-davolash kursining uzilishi;
-virus kasalliklarida (masalan grippda) antibiotiklarni qo‘llash.
Bu nima uchun xavfli:
-antibiotiklar ta’sir qilmay qoladi;
-davolash qiyinlashadi va qimmatlashadi;
-og‘ir asoratlar va o‘lim xavfi ortadi.
To‘g‘risi:
👨⚕️Antibiotiklarni faqat shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qilish.
💊 Davolash kursini yakunlash shart.
☣️Hech qachon o‘tgan kasalliklardan qolgan "tabletka"lardan foydalanmaslik kerak.
Yodda tuting: antibiotiklar universal dori emas!
Kanalga obuna bo‘lish: @qqses