Ko‘p eshitamiz: “Bahorda immunitet pasayadi”. Aslida bu fikr to‘liq to‘g‘ri emas, lekin ma’lum jihatlari bor.
🔎 Nega odamlar bahorda o‘zini zaifroq his qiladi?
▪️ Qishdan keyin organizmda vitaminlar, ayniqsa D vitamini kamayadi;
▪️ Ob-havo tez-tez o‘zgaradi (issiq–sovuq almashishi);
▪️ Bahorda allergenlar ko‘payadi (chang, gul changi);
▪️ Ba’zida “bahorgi charchoq” holati kuzatiladi
⚠️ Lekin bu immunitet albatta pasaydi degani emas — ko‘pincha bu organizmning moslashuv jarayoni bo‘ladi.
💡 Nima qilish kerak?
✔️ To‘g‘ri ovqatlanish (sabzavot, meva, oqsil)
✔️ Ko‘proq suv ichish
✔️ Yetarli uyqu
✔️ Quyosh nuridan to‘g‘ri foydalanish
✔️ Yengil jismoniy faollik
🌱 Xulosa: Bahor — zaiflashish fasli emas, balki organizmni tiklash va kuchaytirish uchun imkoniyat davri.
Sog‘lig‘ingizga befarq bolmang! 💚