Yangiliklar

2025-12-08

Aziz yurtdoshlar! Qadrli do‘stlar!

topics-img

Butun xalqimizni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi nomidan yurtimiz tarixidagi qutlug‘ sanalardan biri bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan samimiy tabriklaymiz.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bosh qomusimiz bo‘lib, mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlashda eng asosiy huquqiy hujjat hisoblanadi. Konstitutsiya qabul qilingan bayram sanasi bu yil har yilgidan ham ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda.

Aziz do‘stlar!

Barchangizni yana bir bor O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan bayram sanasi bilan samimiy tabriklaymiz.
Xonadonlaringizga omonlik tilab, yurtimizning yanada gullab-yashnashi, xalqimizning baxtli va farovon hayoti yo‘lidagi barcha ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Amanbay Orınbaev 
Qaraqalpaqstan Respublikası Joqarǵı Keńesiniń Baslıǵı


Kanalǵa aǵza bolıw: @joqargikenes