‼️Kun tartibida quyidagi masalalar muhokama qilinadi:
📌Karantin va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar bo‘yicha respublikadagi epidemik vaziyat, kasallikni tashxislash, davolash va oldini olishda 2024-yilda kuzatilgan muammolar hamda 2025-yilda amalga oshiriladigan vazifalar.
📌Respublikada yuqumli ichak infeksiyalarini tashxisi, davolash va oldini olish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar, mavjud muammolar va ularni yechimi.
📌O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-apreldagi “Maktabgacha hamda umumta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirish ishlarini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida maktabgacha va umumta’lim tashkilotlarida olib borilgan nazorat to‘g‘risida.
📌 Xorazm, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining turi va tushumlari, yangicha "Mahallabay" ishlash tizimi va eksportyor korxonalarga ko‘maklashish, qurilish-ta’mirlash ishlari hamda “Toza qo‘llar” dasturi bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi to‘g‘risida.
📌Turli masalalar.
⚡️Sanepidqo'mita Axborot xizmati