Umuman olganda, autsorserlar bu bir katta vazifani shartnoma asosida bajarib berishga mas’ul tashkilot, oziq-ovqat sohasida oziq-ovqatni tayyorlashdan boshlab iste’molchilarga yetkazib berishgacha bo‘lgan vazifalarni bajaruvchi hisoblanadi va uning sanitariya holati, mahsulot sifati, xavfsizligiga bevosita javob berishi ko‘zda tutilgan.
O‘zbekistondagi bog‘cha va maktablarda ovqatlantirish endilikda bolalarga oziq-ovqat tayyorlash va yetkazib berishni o‘z zimmasiga olgan tadbirkorlar - autsorserlar orqali tashkil etiladi.
Maqsad - ovqatlanish sifati, xavfsizligi va xilma-xilligini yaxshilash, sanitariya me’yorlariga rioya etilishini ta’minlash.
Ularning faoliyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi tashkilotlari tomonidan nazorat qilib boriladi.
Kanalga obuna bo‘lish: @qqses