Atmosfera havosi sifati nazorat qilinmoqda
Sanepid qo‘mitasi Nukus shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan tasdiqlangan ish-reja asosida ko‘cha bo‘ylari hamda muassasalar atrofida atmosfera havosining sanitariya-gigiyenik holatini o‘rganish bo‘yicha monitoring ishlari olib borildi.
Tadbir davomida atmosfera havosidagi zararli omillarni aniqlash maqsadida laboratoriya-instrumental tekshiruvlar o‘tkazildi. Monitoring natijalari havoning sanitariya me’yorlariga muvofiqligini baholash hamda aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan.
✅ Sanitariya-gigiyenik osoyishtalikni ta’minlash bo‘yicha nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.