Yangiliklar

2026-05-21

Aholiga sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari nitrat qoldig‘iga tekshirilmoqda

topics-img

Xo‘jayli tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan Xo‘jayli dehqon bozorida sotuvga chiqarilgan poliz mahsulotlari tarkibidagi nitrat qoldig‘i laboratoriya usulida tekshirildi.

 O‘rganish natijalariga ko‘ra, mahsulotlarda me’yordan ortiq nitrat qoldig‘i aniqlanmadi.

Shuningdek, monitoring davomida poliz mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar o‘rtasida gepatit, o‘tkir oshqozon-ichak kasalliklari hamda meningit kasalliklarining oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

 Aholi salomatligini muhofaza qilish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasidagi nazorat tadbirlari davom etmoqda.