Xo‘jayli tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan mahallabay ishlash tizimi asosida aholiga yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Tadbirlar davomida yashash maskanlarida tozalik va ozodalikka e’tibor qaratish, chiqindilarni to‘g‘ri tashlash hamda gigiyena qoidalariga rioya qilishning ahamiyati haqida aholiga tushunchalar berilmoqda.
Shuningdek, fuqarolarga mavzuga oid tarqatma materiallar ham yetkazilmoqda.
Kanalga obuna bo'lish: @qqses