Yangiliklar

2025-11-08

Aholi orasida yuqumli kasalliklar, ayniqsa mavsumiy gripp va O‘RVI haqida xabardorlikni oshirish maqsadida

topics-img

Aholi orasida yuqumli kasalliklar, ayniqsa mavsumiy gripp va O‘RVI haqida xabardorlikni oshirish maqsadida respublikamizning barcha hududlarida keng qamrovli uchrashuvlar va tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Tadbirlar davomida tibbiyot xodimlari, mahalla faollari, o‘qituvchilar hamda fuqarolar ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, immunitetni mustahkamlash, to‘g‘ri ovqatlanish va shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilishning ahamiyati yuzasidan tavsiyalar berilmoqda.

Shuningdek, uchrashuvlarda mavsumiy infeksiyalarni erta aniqlash, o‘z vaqtida shifokorga murojaat qilish, o‘zini-o‘zi davolashning salbiy oqibatlari haqida ma’lumotlar yetkazilmoqda. Bunday tadbirlar aholining tibbiy madaniyatini oshirish, kasalliklarning oldini olish hamda sog‘lom muhitni ta’minlashga qaratilgan muhim qadamlardir.

Kanalga obuna bo‘lish: @qqses