Yangiliklar

2026-07-28

28-iyul - Butunjahon virusli gepatitga qarshi kurashish kuni

topics-img

28 iyul - Butunjahon virusli gepatitga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Taxtako‘pir tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan virusli gepatit kasalligining oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Mahallabay ishlash tizimi asosida aholi o‘rtasida sanitariya-ma’rifiy ishlar o‘tkazilib, virusli gepatitning yuqish yo‘llari, belgilari va undan himoyalanish usullari tushuntirilmoqda. Maktablar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, tibbiyot muassasalari va xususiy go‘zallik salonlarida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Shu bilan birga ichimlik suvi, oziq-ovqat mahsulotlari va tibbiyot muassasalarida sanitariya talablariga rioya etilishi kuzatilib, xavf guruhiga kiruvchi fuqarolar o‘rtasida tekshiruvlar va tushuntirish ishlari davom etmoqda.

Fuqarolar o‘z salomatligiga e’tibor berib, profilaktik ko‘riklardan o‘z vaqtida o‘tishga chaqiriladi.