Yangiliklar

2025-06-27

27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni!

topics-img

Barcha jurnalist, muharrir, operator, reportyor, bloger va media sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklaymiz!

Sizlarning kundalik mehnatingiz - bu oddiy kasb emas, balki muhim vazifadir: haqiqatni yetkazish, jamiyat va voqealar o‘rtasida ko‘prik bo‘lish, ochiqlik va oshkoralik madaniyatini shakllantirish. Aynan sizlar tufayli millionlab odamlar haqqoniy ma’lumotlar olib, dolzarb yangiliklardan xabardor bo‘lib, muhim savollarga javob topib turibdi.

Sizlarga kasbiy rivojlanish, ijodiy ilhom, qiziqarli mavzular, ishonchli manbalar, minnatdor o‘quvchi va tomoshabinlar tilaymiz.
Ommaviy axborot vositalari kuni muborak!

Hurmat bilan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi