Yangiliklar

2025-10-16

16-oktyabr - Jahon oziq-ovqat kuni

topics-img

Ushbu sanani nishonlash taklifi BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti - FAO tomonidan 1979 yilda o‘tkazilgan konferensiyada ilgari surilgan.

1980-yil 5-dekabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 35-sessiyasida qabul qilingan rezolyutsiya bilan esa 16-oktyabr - Jahon oziq-ovqat kuni, deb e’lon qilindi. O‘sha kundan boshlab har yili bu sana BMTga a’zo davlatlar o‘rtasida keng nishonlanib kelinadi. Sana munosabati bilan har yili ma’lum bir mavzuga yo‘naltirilgan shior ham tanlanadi. Bu yil ushbu sana "Suv - hayot uchun, suv - oziq-ovqat uchun" shiori ostida nishonlanmoqda.

FAO ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda 2 milliarddan ortiq kishi sifatli oziq-ovqat bilan ta’minlanmagan. 2020 yilda pandemiya tufayli ochlikda kun kechirayotgan odamlar soni 690 million kishiga yetgan. Shu bois, Bosh Assambleya qabul qilingan hujjatda milliy, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlarni ushbu kunni keng miqyosda yuksak darajada nishonlashga chaqiradi.

Kanalga obuna bo‘lish: @qqses