Yangiliklar

2026-01-14

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni muborak bo‘lsin!

topics-img

Vatan himoyasi — bu nafaqat harbiy burch, balki yurtga, xalqga va kelajak avlodga bo‘lgan yuksak mas’uliyatdir. Bugungi kunda yurtimiz tinchligi, jamiyat osoyishtaligi va fuqarolarimiz xavfsizligi yo‘lida xizmat qilayotgan barcha himoyachilarimiz o‘zlarining fidoyiligi, matonati va sadoqati bilan barchaga ibrat bo‘lib kelmoqda.

🛡Har bir osoyishta tong, har bir tinch kecha, farzandlarimizning xotirjam kulgisi ortida Vatan himoyachilarining mashaqqatli va sharafli mehnati mujassam. Ular nafaqat davlat chegaralarini, balki xalqimiz tinchligi, sog‘lig‘i va farovonligini ham himoya qilmoqda.

💪Bugun biz mardlik, jasorat va vatanparvarlik fazilatlarini o‘zida mujassam etgan barcha fidoyi insonlarga chuqur hurmat va minnatdorlik bildiramiz. Ularning mas’uliyatli xizmati Yangi O‘zbekistonning barqaror rivoji va mustahkam kelajagi yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

Ushbu muborak kunda barcha Vatan himoyachilariga mustahkam sog‘lik, oilaviy totuvlik, xizmat faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar va doimo xalq e’tiborida bo‘lishni tilaymiz. Yurtimiz osmoni doimo musaffo, hayotimiz tinch va farovon bo‘lsin!

🎖Bayramingiz muborak bo‘lsin, Vatan himoyachilari!

Qaraqalpaqstaqn Respublikası Sanitariya-epidemiologiyalıq tınıshlıq hám jámiyet salamatlıǵı basqarması Málimleme xızmeti