Maktabgacha ta’lim tashkilotida sanitariya holati bo‘yicha rejali tekshiruv o‘tkazildi
Sanepid qo‘mitasi Nukus shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan Nukus shahridagi 48-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida tasdiqlangan reja-grafik asosida sanitariya-epidemiologik tekshiruv o‘tkazildi.
Tekshiruv davomida:
☑️ guruh xonalarining sanitariya holati;
☑️ oshxona va oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sharoitlari;
☑️ ichimlik suvi ta’minoti;
☑️ dezinfeksiya tadbirlarining olib borilishi;
☑️ xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi va tegishli hujjatlari o‘rganildi.
📋 O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berilib, sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.