Yangiliklar

2025-11-04

Kuzda maxsulotlarni xavfsiz saqlash

topics-img

Salqin mavsum boshlanishi bilan ko‘plab uy bekalari uyda mahsulot tayyorlashni - tuzlama, jem, konserva tayyorlashni boshlaydi. Ammo noto‘g‘ri saqlansa yoki tayyorlash texnologiyasi buzilsa, bunday mahsulotlar og‘ir ovqat zaharlanishlariga, xususan, botulizmga sabab bo‘lishi mumkin.

Buning oldini olish uchun:

- faqat yangi va toza mahsulotlardan foydalaning;
- banka va qopqoqlarni sterillang;
- masalliqlarni salqin, qorong‘i joyda saqlang;
- qopqog‘i shishib ketganda yoki hidi o‘zgarganda mahsulotni ishlatish mumkin emas;
- uyda tayyorlangan konservalarni, salatlarni qo‘ldan sotib olmang.

Oddiy qoidalarga amal qilish oilangiz salomatligini saqlashga, kuzni xavfsiz va xotirjam o‘tkazishga yordam beradi.

Kanalga obuna bo'lish: @qqses