Aholi murojaati asosida kamçiliklar bartaraf etildi
Aholi salomatligini muhofaza qiliş, yaşaş hududlarida sanitariya-epidemiologik osoyiştalikni ta’minlaş hamda fuqarolar murojaatlariga ōz vaqtida munosabat bildiriş doimiy e’tiborda.
Xususan, Nukus şahridagi ovqatlaniş maskanlaridan birining kanalizatsiya suvlari turar joy hududiga oqib çiqayotgani yuzasidan kelib tuşgan murojaat Nukus şahar Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bōlimi mutaxassislari tomonidan joyiga çiqilgan holda ōrganildi.
Ōrganiş jarayonida mavjud holat kōzdan keçirilib, aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan tegişli çoralar kōrildi. Natijada, murojaatda kōtarilgan muammo ijobiy hal etilib, kamçiliklar bartaraf qilindi.
Eslatib ótamiz, aholidan kelib tuşayotgan murojaatlarni ōrganiş va ularda kōtarilgan masalalarni hal etiş orqali hududlarda sanitariya holatini yaxşilaş hamda aholi salomatligini himoya qilişga alohida e’tibor qaratilmoqda.