Nukusda kemiruvçilarga qarşi profilaktik tadbirlar davom etmoqda
Aholi salomatligini muhofaza qiliş va yuqumli kasalliklar tarqalişining oldini olişda sanitariya-profilaktika tadbirlarining ahamiyati katta. Şu maqsadda Nukus şahrida kemiruvçilarga qarşi deratizatsiya işlari izçil olib borilmoqda.
Nukus şahar Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi mutaxassislari tomonidan kemiruvçilar orqali tarqalişi mumkin bölgan kasalliklarning oldini oliş maqsadida profilaktik tadbirlar taşkil etilmoqda.
Jumladan, şaharning «Yangi zamon» va «Nurli böston» MFY hududlarida leyşmanioz kasalligining oldini olişga qaratilgan tarğibot-tuşuntiriş hamda deratizatsiya işlari amalga oşirildi.
Tadbirlar davomida kemiruvçilar sonini kamaytiriş, ularning köpayişi va tarqalişining oldini oliş, şuningdek, aholi örtasida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etiş böyiça tuşuntiriş işlari olib borildi.i.