GRIPPDAN SAQLANING — SALOMATLIGINGIZNI ASRANG!
GRIPPDAN SAQLANING — SALOMATLIGINGIZNI ASRANG!
Gripp — nafas yöllarini zararlaydigan, havo-tomçi yöli orqali tez tarqaladigan yuqumli kasallik. U har qanday yoşdagi insonlarda uçrashi mumkin. Ayniqsa, yoş bolalar, keksalar, homilador ayollar va surunkali kasalliklari bor insonlar uçun xavfli keçishi mumkin.
Grippning asosiy belgilari:
🔹 Tana haroratining kötаrilişi;
🔹 Boş va muşaklarning og‘rişi;
🔹 Yötal va tomoq og‘rig‘i;
🔹 Burun bitishi yoki oqişi;
🔹 Umumiy holsizlik va çarçoq.
Grippning oldini oliş uçun:
☑️ Har yili grippga qarşi emlaning.
☑️ Qöllaringizni sovun bilan tez-tez yuving.
☑️ Xonalarni muntazam şamollatib turing.
☑️ Yötalganda va aksirganda og‘iz-buruningizni tirsak yoki salfetka bilan yoping.
☑️ Kasallik alomatlari kuzatilgan insonlar bilan yaqin muloqotni çeklang.
☑️ Töǵri ovqatlaning, yetarli dam oling va sog‘lom turmush tarziga amal qiling.
⚠️ Agar gripp belgilari kuzatilsa, uyda qoling va şifokorga murojaat qiling. Özboşimçalik bilan dori-darmon, ayniqsa, antibiotiklarni qabul qilmang.
Unutmang ! Grippning oldini oliş— öz salomatligingiz va atrofdagilar salomatligini asraş demakdir!