Aholi salomatligi — jamiyat farovonligining eng muhim mezoni. Bu yölda samarali faoliyat yuritiş esa, avvalo, munosib şaroit, zamonaviy infratuzilma va mas’uliyatli mehnatni talab etadi. Amudaryo tumanida aynan şu maqsadlarga xizmat qiladigan yangi binoning foydalanişga topşirilişi soha hayotidagi muhim voqealardan biri böldi.
Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi uçun barpo etilgan yangi binoning oçiliş marosimi kötarinki ruhda ötdi. Unda Qoraqalpoğiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi boşqarmasi boşliği B. Qutlimuratov iştirok etib, yiğilganlarni qutluğ sana bilan tabrikladi.
Tadbirda mazkur inşootning foydalanişga topşirilişi soha rivoji, xodimlar uçun munosib mehnat şaroitlarini yaratiş hamda aholiga körsatilayotgan xizmatlar sifatini oşiriş yölidagi muhim qadam ekani ta’kidlandi.
Zero, sanitariya-epidemiologiya xizmati faoliyati köpçilik köziga körinmaydigan, ammo har bir inson hayoti va salomatligi uçun beqiyos ahamiyatga ega bölgan mas’uliyatli sohadir. Yuqumli kasalliklarning oldini oliş, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilişini nazorat qiliş, xavf omillarini barvaqt aniqlaş va profilaktik tadbirlarni samarali taşkil etiş uşbu xizmatning asosiy vazifalaridandir.
Yangi binoda yaratilgan şaroitlar mutaxassislarning öz vazifalarini yanada samarali bajarişi, aholi bilan işlaş sifatini oşirişi va hududda sanitariya-epidemiologik osoyiştalikni mustahkamlaşga xizmat qiladi.