Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklarining oldini oliş böyiça profilaktik tadbirlar davom etmoqda
Nukus şahrida 10 yoşgaça bölgan bolalar orasida turli parazitar, xususan, gijja kasalliklarining oldini olişga qaratilgan keng qamrovli profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
Jumladan, Nukus şahar Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi mutaxassislari tomonidan 55-sonli maktabgaça ta’lim taşkilotida profilaktik tekşiruvlar ötkazildi.
Tadbir davomida tarbiyalanuvçilardan gelmintoz kasalliklarini aniqlaşga qaratilgan laboratoriya tahlillari uçun namunalar olindi. Şuningdek, bolalar foydalanadigan öyinçoqlar, yotoq joylari hamda kiyim-keçak saqlanadigan şkaflardan sanitariya-gigiyenik holatni baholaş maqsadida surtma namunalari olindi.