Botulizm kasalligining oldini oliş böyiça maxsus-taktik öquv maşğuloti ötkazildi
Nukus tumani Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi, tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi hamda Tibbiyot birlaşmasi mutaxassislari hamkorligida botulizm kasalligining oldini olişga qaratilgan maxsus-taktik öquv maşğuloti taşkil etildi.
Maşğulot davomida botulizm bilan boğliq favqulodda vaziyat yuzaga kelgan taqdirda mas’ul xizmatlarning özaro hamkorlikdagi harakatlari, kasallikning oldini oliş, bemorlarga tezkor tibbiy yordam körsatiş hamda infeksiya tarqalişining oldini oliş böyiça amaliy könikmalar mustahkamlandi.
Aytib o'tish joiz, bunday öquv maşğulotlari aholi salomatligini muhofaza qiliş, epidemik xavflarga tayyorgarlikni oşiriş va favqulodda vaziyatlarda tezkor hamda samarali harakat qilişda muhim ahamiyat kasb etadi.